Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish yo’nalishlari

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 26 Ноября 2014 в 00:26, курсовая работа

Краткое описание

Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi butun jahon iqtisodiyoti, siyosati va jamiyat tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va undagi o’zgarishlarga salmoqli ta’sir ko’rsata oladigan yirik sanoat Yaponiya avtomobil sanoati va uning rivojlanish yo’nalishlari xususida so’z yuritadi. Bu mavzuning muhimligi va ahamiyati shundaki, bugunki kunda Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanishi bosqichlari, avtomobil sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tajriba maktabi bo’la oladi. Shu bilan birgalikda o’zining katta imkoniyatlari hamda rivojlanganligi bilan jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsata oluvchi muhim subyektlaridan biriga aylandi.

Содержание

Kirish………………………………………………………………………..3
1 – bob. Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi…………..6
Urushgacha bo’lgan davrda Yaponiya avtotransporti (XX asrning 30 -
yillarigacha)………………………………………………………………..6
Urushdan so’ng avtomobil sanoatining rivojlanishi……………………..8
Zamonaviy Yaponiya avtomobil sanoati……………………………….14

2 – bob Yaponiya avtomobil eksporti va importi. Asosiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar…………………………………………..28
2.1 Yaponiya avtomobil eksporti va uning ko’rsatgichlari………………...28
2.2 Yaponiya avtomobil importi va uning ko’rsatgichlari…………………34
2.3 Asosoiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar……………………….38

3 – bob Yaponiya avtomobil kompaniyalarining faoliyati………….40
3.1 Toyota Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari……40
3.2 Honda Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari ……46
3.3 Nissan Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari …... 54


Xulosa va takliflar………………………………………………………….61
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………

Прикрепленные файлы: 1 файл

Yaponiya avtomobil sanoati (diplom ishi) (Автосохраненный)34 (2).docx

— 1.54 Мб (Скачать документ)

         Yaponiya avomobil sanoatining asosiy e’tibori ishlab chiqarishni global tarzda shakllantirish tizimini yaratish, qaysiki, har bir mamlakatda mumkin qadar turg’un holatda bo’lish va iqtisodiy yoki siyosiy o’zgarishlardan past darajada ta’sirlanish, har bir mamalakat uchun alohida dastur ishlab chiqishga qaratilgan. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad shundaki kompaniyalar o’z ishlab chiqarish faoliyatini biror mamlakatda tashkil qilayotganda yoki shu mamlakat bozorlariga o’z maxsulotlari bilan kirib borayotganda o’sha millatning milliy an’analari, urf odatlari yoki, eng asosiysi davlatning yoki odamlarning iqtisodiy holatini bilgan holda kirib borish va ularga to’g’ri keluvchi maxsulotlar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan.

  Dolmatov Yu.A o’zining “Avtomobil 100 yoshda” deb nomlangan kitobida, avtomobil sanoatini tashkil qilinishi uchun zarur bo’lgan bir necha misollarni aytib o’tadi. Bulardan eng muhimlaridan biri shuki “…avtomobil sanoati tashkil qilinayotgan davlat aholisi mumkin qadar 100 mlnga yaqin bo’lishi…” kerakligi haqida aytib o’tilgan. Hozirda umuman olganda ko’plab mamlakatlarda avtomobil sanoati tashkil qilingan bo’lib, ularning ayrimlarining aholisi 50 milllionga ham yetmaydi lekin bugungi kunda dunyo iqtisodiyoti globallashuvi natijasida mamlakatlar bir birlariga bevosita bog’lanib bormoqda, bir mamalaktda ishlab chiqarilgan mahsulot ikkinchi bir mamlakatga eksport qilinish yo’llari va usullari ham ko’p. Buning natijasida ikkinchi bir mamlaktda ayni shu sanoatni tashkil etishga hojat qolmaydi. Dolamtov Yu.Aning yuqoridagi so’zlarning yana bir isboti sifatida shuni ko’rish mumkinki aholi sonining ko’p bo’lishi birgin avtomobil sanoati uchungina manfatli emas balki boshqa sanoat va tarmoqlar uchun ham muhimdir.

O’zbekistonda ham 1997 – yilda Janubiy Koreyaning “Daewoo” avtomobil kompaniyasi bilan hamkorlikda “UzDaewoo” kompaniyasi tashkil etilgan. UzDaewoo avtomobil kompaniyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va horijdan import yoki boshqa tarzda kirib kelayotgan avtomobillar sonini cheklash maqsadida iqtisodiy chora va tadbirlar ko’rilgan. Hozirgi kunda “UzDaewoo” kompaniyasining faoliyati tugatilib, uning zamirida Amerika Qo’shma Shtatlarining kompaniyasi hisoblangan “General Motors” avtomobil kompaniyasi o’z faoliyatini olib boradi. GM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotagan avtomobillarning turi 8 taga yetgan bo’lib, ularning bir nech kategoriyalari ishlab chiqarilishi tashkil etilgan. GM kompaniyasinin faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida GM Power Train (Motor zavod) tashkil etilgan bo’lib, bu yerda avtomobillar uchun extiyot qismlar va dvigatellar ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan. Jumladan O’zbekistonda Germaniya avtomobil kompaniyalaridan biri hisoblangan “MAN” yuk mashinalarini ishlab chiqaruvchi kompaniaya ham faoliyat olib bormoqda, shuningdek Yaponiyaning Isuzu kompaniyasi bilan Samarqandda tashkil etilgan avtobus ishlab chiqaruvchi kompaniya ham o’z faoliyatini samarali olib bormoqda.

Yaponiya avtomobil kompaniyalari bugungi kunda nafaqat avtomobillar ishlab chiqarish balki boshqa soha va tarmoqlarda ham faoliyat olib bormoqda misol uchun Toyota kompaniyasi tomonidan kosmosni o’rganish va tadqiqotlarni amalga oshirish uchun 67.2 million dollar miqdorida investitsiya kiritgan. Shuningdek robotehnologiyalar, ta’limni va ayrim fanlarni o’rganish, tadqiqiot olib boorish maqsadida ham investitsiyalar kompaniyalar tomonidan ajratilib borilmoqda. Nissan kompaniyasining “Green” (Yashil) dasturiga asosan ekologiya, biologiya va kimyo bo’yich tadqiqotlar olib borishga ham mablag’lar ajratilib borilmoqda.

Xulosa qilib aytganda Yaponiya avtomobil sanoati nafaqat Yaponiya iqtisodiyoti balki jahon iqtisodiyotiga ta’sir o’tkaza oladigan sanoat tarmog’i hisoblanadi. Butun dunyoga mashhur II jahon urushidan so’nggi Yaponiya iqtisodiyotining keskin rivojlanishi ya’ni Yaponiya mo’jizasining amalga oshishini ta’minlagan sanoat sifatida avtomobil sanoati e’tirof etiladi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qarorlari

 

 

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti аsаrlаri

1.Kаrimоv I.А. Jаhоn mоliyaviy–iqtisоdiy inqirоzi, O’zbеkistоn shаrоitidа uni bаrtаrаf etish yo’llаri vа chоrаlаri. – T: O’zbеkistоn, 2009.

2.Kаrimоv I.А. Аsоsiy vаzifаmiz - Vаtаnimiz tаrаqqiyoti ва хаlqimiz                                       fаrоvоnligini yanаdа yuksаltirishdir. - Tоshkеnt: «O’zbеkistоn», 2010.

3. Kаrimоv I.А. Jаhоn mоliyaviy–iqtisоdiy inqirоzi, O’zbеkistоn shаrоitidа uni bаrtаrаf etish yo’llаri vа chоrаlаri. – T: O’zbеkistоn, 2009.

4. Karimov I.A. “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish yo’lida”, Toshkent, 1996 y.

5. Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”, Toshkent, 1999 y.

Asosiy adabiyotlar

  1. Yaponiya Avtomobil Ishlab chiqaruvchilar Assotsiyatsiyasi (Japan

    Automobile Manufacturers Association)ning nashri “The Motor

    Industry of Japan 2012” – Yaponiya, Tokyo 2012 y.

  1. Долматовский Ю.А. “Автомобиль за 100 лет”. - М.: Издательство

  «Знание», 1986y.

  1. Ли Мин, Б.И. Герасимов, Ши Сяо Цзе – “Повышение качества

   продукции автомобильной промышленности” – Rossiya, 2007y

  1. Пашков, В.И. – “Автомобильная промышленность”  - Rossiya, 2005 
  2. В.И. Пашков // Автомобильная  промышленность. – 2006. – № 3
  3. Безверхов, А. Бухучет на авторынке / А. Безверхов // Автообоз. –

   2002. – № 22. – С. 10

  1. Александров, Ю.Л. – “Особенности спроса на рынке легковых

   автомобилей” - г. Красноярска, 1999y

  1. Исикава, К. Японские методы управления качеством / К. Исикава. –

   М.: Экономика, 1988y

9.

Internet rasmiy saytlari

  1. Yaponiya Avtomobil Ishlab chiqaruvchilar Assotsiyatsiyasi (JAMA)ning internet sayti (www.jama.or.jp)
  2. Toyota kompaniyasining internet sayti (www.toyota.com)
  3. Nissan kompaniyasining internet sayti (www.nissan-global.com)
  4. Honda kompaniyasining internet sayti (world.honda.com)
  5. Mitsubishi kompaniyasining internet sayti (www.Mitsubishi-Motors.com)
  6. General Motors kompaniyasining internet sayti (www.gm.com)

1 Locomobile – (frans. Locomobile – lotin “locus” – joy va “mobilis” - harakatlanadigan) bug’ kuchi bilan harakatga keluvchi mashina

2 Manba: Iqtisodiyotni ro’yxatga olish, Ishchi kuchini ro’yxatga olish, Yaponiya eksport – import jadvali, Ishlab chiqarishni ro’yxatga olish, Ichki ishlar vazirligi va aloqa statistika buyrosi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo va ishlab chiqarish manbalaridan foydaanildi.

3 Eslatma: Barcha sonlar taqqoslangan.

  Manba: Xalqaro avtomobil ishlab chiqarish tashkiloti (OICA), Yaponiya Avtomobil Ishlab chiqarish Assotsiyatsiyasi (JAMA)

4 THE MOTOR INDUSTRY OF JAPAN 2012    Published May 2012

5 Manba: Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi

6 Manba: Har bir mamlakatning Avtomobil ishlab chiqarish assotsiyatsiyasi, Yaponiya Avtomobil Ishlab chiqarish Assotsiyatsiyasi.

7 Jahonda 2008-yilda 68,120,000 dona, 2009-yilda esa 65,040,000 dona avtomobil ro’yhatga olingan.

8 Har bir birlik 10 mlrd yen miqdorida

9 Ushbu statistik ma’lumotkarning manbai:Yaponiya savdo xabarnomasi, Yaponiya Moliya vazirligi

10 Eslatma: (%) ni o’tgan yilga nisbat o’zgartiring (o’tgan yildagi ko’rsatgichni 100 % deb oling!).* 100 million yen.

 

11 Manba: Yaponiya Avtomobil Ishlab-chiqaruvchilar Asotsiyatsiyasi (JAMA).

12  1.  Avtomobillar bo’limi o’z ichiga yengil va yuk avtomobillarini, avtobus va shassilarni o’z ichiga oladi. 2. CIF - cost, insurance, and freight (qiymat, sug’urta va yuk tashish haqqi (kemada))

  3. Eslatma: %ni o’tgan yilga nisbatan o’zgartiring (2000 – yilni bazis yil sifatida oling!)

 

13 Manba: Fan va texnalogiyada ilmiy – tadqiqot faoliyatini tekshirish markazi, Ichki ishlar vaAloqa vazirligi

14 Manba: Korporativ moliya tekshiruvi, Iqtisodiyot vazirligi va Savdo va sanoat vazirligi.

15 Leaf – Barg tabiatga turli zararli gazlar tarqatmaganligi sababli ushbu avtomobilga shunday nom berilgan.

 

 


Информация о работе Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish yo’nalishlari