Xitoyning ShHT doirasidagi Markaziy Osiyodagi manfaatlari

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 30 Апреля 2012 в 10:14, реферат

Краткое описание

XX asrning oxirgi o`n yilligi va XXI asrning birinchi o`n yilligi xalqaro jamiyatchilik ongini, xalqaro munosabatlar strukturasini va jahon geopolitik tizimini yangi va o`z navbatida shaffof lekin yanada murakkab darjaga olib chiqdi. Jahon yangi bir erani boshladi. Bu eraning o`ziga xos xususiyatlaridan biri unda integratsion jarayonlarning kuchayishi, xalqlar va davlatlar o`rtasida hamkorlikning jadal su’ratlarda rivojlanishi, ularning o`zaro bir biriga bog`liqligining oshishi, xalqaro munosabatlarning xalqaro tashkilotlar, transmilliy korporatsiyalar, alohida faoliyat yurguzuvchi katta ta’sirga ega bo`lgan jismoniy shaxslar, nodavlat notijorat tashkilotlar, jamiyatchilik ongiga kuchli ta’sir kursata oladigan ommaviy axborot vositalari singari yangi ishtirokchilari paydo bo`ldi.

Прикрепленные файлы: 1 файл

interesi kitaya v ramkax wos.doc

— 138.00 Кб (Скачать документ)


Xitoyning ShHT doirasidagi Markaziy Osiyodagi manfaatlari.

 

 

XX asrning oxirgi o`n yilligi va XXI asrning birinchi o`n yilligi xalqaro jamiyatchilik ongini, xalqaro munosabatlar strukturasini va jahon geopolitik tizimini yangi va o`z navbatida shaffof lekin yanada murakkab darjaga olib chiqdi. Jahon yangi bir erani boshladi. Bu eraning o`ziga xos xususiyatlaridan biri unda integratsion jarayonlarning kuchayishi, xalqlar va davlatlar o`rtasida hamkorlikning jadal su’ratlarda rivojlanishi, ularning o`zaro bir biriga bog`liqligining oshishi, xalqaro munosabatlarning xalqaro tashkilotlar, transmilliy korporatsiyalar, alohida faoliyat yurguzuvchi katta ta’sirga ega bo`lgan jismoniy shaxslar, nodavlat notijorat tashkilotlar, jamiyatchilik ongiga kuchli ta’sir kursata oladigan ommaviy axborot vositalari singari yangi ishtirokchilari paydo bo`ldi. Bu eraning yana bir o`ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, bu davrda sovuq urushi nihoyasiga yetib, sotsialistik lager Sobiq Sovet Ittifoqi bilan birgalikda tarqalib, uning urnida yangi mustaqil davlatlar tashkil topdi. Yangi tashkil topgan mustaqil davlatlar qatorida Markaziy Osiyo mintaqasi alohida e’tiborga loyiq hisoblanadi.

MO respublikalari mustaqillikka erishgandan keyin dunyo hamjamiyatining to’la huquqli a’zosi sifatida o’z ichki siyosatini, undan kelib chiqgan holda tashqi siyosiy yo’nalishlarini shakllantirishni boshlashdi. Shu o`rinda shuni ta’kidlab o`tish kerakki, ushbu mintaqa davlatlari tarixan bir xil ildizga, urf-odat, milliy qadriyatlarga ega bulishsada, ularning tashqi va ichki siyosati ancha farq qilar edi. Bunday sharoitning shakllanishiga turli xil omillar, xususan MO davlatlarining geografik va geostrategik joylashunining farq qilishi, davlatlarda inson salohiyatining farq qilishi, qazilma boyliklarning hajmi keskin farq qilishi, davlatning olib borayotgan ichki va tashqi siyosatining farq qilishi va boshqa omillar sabab bo`ldi. Shundan kelib chiqqan holda dunyoning yirik davlatlari bu mintaqada o`z siyosatlarini olib borodigan bo`lishdi.

XX asrning so`nggi choragidan boshlab Sharqiy Osiyoning bir qator davlatlarida, xususan, Xitoy Xalq Respublikasida, iqtisodiyotning tez sur’atlarda o`sishi, shuningdek, xalqaro transport va kommunikastsiya vositalarining takomillashuvi natijasida xalqaro tovar va xizmatlarning yuqori sur’atlarda rivojlanishi kuzatildi. Xitoyda xalqaro savdo bilan bir qatorda ishlab chiqarish omillaring (kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar) xalqaro harakati ham rivojlanib bordi. Bunga davlat darajasida olib borilgan oqilona iqtisodiy diplomatiya, xususan, qo`shni, hamda mintaqa davlatlari bilan intensiv ikki tomonlama va ko`ptomonlama iqtisodiy diplomatiyaning olib borilishi o`z hissasini qo`shdi.

1997-1998-yillardagi Sharqiy Osiyo iqtisodiy inqirozini hisobga olmaganda, Xitoyda bugungi kungacha tez sura’tlarda rivojlanib kelmoqda. Xususan, so`nggi 30 yil davomida yiliga o`rtacha 10% o`sib kelmoqda va bugungi kunda dunyodagi AQShdan keyin ikkinchi o`rinda turuvchi eng yirik iqtisodiyotga ega. O`z navbatida, XXR dunyodagi eng yirik eksporter va ikkinchi o`rinda turuvchi importer hisoblanadi. 2011-yilda AQSh ni ortda qoldirib eng yirik ishlab chiqaruvchi bo`ldi. 2010-yilda Xitoy iqtisodiyotiga to`g`ridan to`g`ri qilingan investitsiyalar miqdori 100 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va xitoylik kompaniyalarning chet elga qilgan sarmoyasi 59 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi[1].

Jahon tajribasidan shu ma’lumki, globallashgan dunyoda dunyo mamlakatlaridan, qo`shi mamlakatlardan, mintaqadagi mamlakatlardan ayri holda kuchli salohiyatga ega iqtisodiyot qurish imkoni yo`q. Xalqaro mehnat taqsimotidan kelib chiqqan holda, davlatlar o`rtalarida yo`q bo`lgan tovar, xizmat turi, xom ashyo, texnologiya, kapital, ilmiy va texnologik yangiliklarga ega bo`lishlari uchun boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishlari zarur. MO mintaqasi davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlik esa, XXR uchun har tomonlama manfaatli hamkorlik hisoblanadi. MO mintaqasi o`zining geostrategik joylashuvi, energoresurslarga va boshqa kamyob qimmatbaho qazilma boyliklarga egaligi, to`la egallanmagan bozori, kuchli odam resurslarga egaligi va boshqa o`ziga xos ustunliklari bilan xitoy iqtisodiyotida katta qiziqish uyg`otmoqda.

Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, hech qaysi davlat jahon iqtisodiyotidan ayrilgan holda tashqi yordamlarsiz, boshqacha aytganda, xorijiy sarmoya va ko’maklarsiz iqtisodiy taraqqiyotga erishishi mumkin emas. Rivojlangan davlatlarning taraqqiyot tarixi xorijiy investitsiyalarining iqtisodiyotni qayta qurish, modernizatsiyalash va yuksaltirishdagi o’rni nihoyatda katta ekanligini ko’rsatadi[2].

Globalizatsiyalashuv va integratsiyalashuv jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir paytda, Markaziy Osiyo davlatlari ham rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, o’z tashqi iqtisodiy faoliyatlarini amalga oshirishmoqda.  Xususan, O`zbekiston bir vaqtning o`zida turli darajalarda – dunyo miqiyosida va mintaqa ko`lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi[3].

Mazkur yo’nalishdagi o’z tashqi siyosatining strategik yo’nalishini belgilab olgan va o’z faoliyatining asosiy tamoyillarini ishlab chiqqan O’zbekiston mustaqil davlat sifatida, hozirgi kunda xalqaro munosabatlar zamonaviy tizimining faol ishtirokchisi mavqeini egallab kelmoqda. Shuning bilan birga uning tashqi siyosat faoliyati mamlakat ichki rivojlanishi manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda. Dunyoning rivojlangan davlatlari tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, mamlakatni siyosiy jihatdan qayta qurish, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni isloh qilish, jamiyat ijtimoiy muammolarini hal qilish, milliy madaniyatning ma’naviy-axloqiy tomondan boyishi masalalari xalqaro hamkorlikni muvaffaqiyatli amalga oshirishga chambarchas bog’liqdir. O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimov "... tashqi siyosatimizning ustuvor yo’nalishlarini belgilashda ... hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan milliy manfaatlarimiz va mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan yondashmog’imiz kerak"[4] , - deya ta’kidlaydi. Shuning bilan birga u o’z diqqatini tashqi siyosiy faoliyat masalalariga qaratar ekan, ta’kidlaydi "... davlatimiz tashqi siyosatining ma’no-mazmuni va maqsadi bitta - u ham bo’lsa, O’zbekiston manfaati va yana bir bor O’zbekiston manfaatidir. Biz milliy manfaatlarimiz mos keladigan barcha mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilishga tayyormiz"[5] . Tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biriga jahonnning eng ilg’or mamlakatlari bilan tenghuquqli o’zaro manfaatli hamkorlik qilish kirib, bunda O’zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi bilan munosabatlarini o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi.


Xitoyning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy-siyosiy manfaatlari va bu manfaatlarga asos bo`luvchi omillar.

Xitoy Osiyo qit’asida geosiyosiy jihatdan katta ta’sirga ega bo`lib, uning harbiy va iqtisodiy salohiyatini, Hindistondan tashqari, hech bir yaqin qo`shni mamlakatlarga qiyoslab bo`lmaydi. Shuning uchun, tabiiyki, Xitoy o`z tashqi siyosiy va iqtisodiy diplomatiyasini o`z tarixi, geografiyasi va iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqgan holda olib boradi.

Markaziy Osiyo Xitoy tashqi strategiyasida o`ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi. Xitoy uchun bu mintaqa ishonchli sirt hisoblanadi. Mintaqaning uch davlati va Rossiya Federatsiyasi bilan 7 ming kmlik umumiy chegaraga ega XXR bu mintaqaga alohida etibor bilan qaraydi. Xitoy uchun bu mintaqa, birinchi navbatda, siyosiy manfaatlarini ta’minlash uchun muhim bo`lsa, ikkinchi navbatda, bu mintaqaning ko`plab qazilma boyliklarga va energo resurslarga egaligi, va 60 mlnga yaqin aholini o`z ichiga qamrab olgan katta bozor ekanligi hisoblanadi. Markaziy Osiyo va XXRning o`zaro hamkorlik salohiyati – bu, mintaqada har bir davlatning do`stona munosabatlarini barqaror rivojlanish kafolati hisoblanadi[6].

XXRning MO tashqi siyosati Xitoyning Yevrosiyo strategiyasining tarkibiy qismi bo`lib u quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan:

-Xitoy va Rossiya aloqalari,

-Xitoy va MO davlatlari bilan aloqalari,

-Xitoyning Yevrosiyodagi energetik va kommunikatsiyon loyihalari,

-ShHT doirasidagi hamkorlik.

Xitoyning MO siyosati qator omillardan kelib chiqgan holda olib boriladi[7].

                       “Sharqiy Turkiston” separatik harakatlarini jilovlash maqsadi;

                       MO mintaqasini strategik barqaror sirt sifatida saqlamoq;

                       Bu mintaqaning energetik va qazilma boyliklari va iqtisodiy bozoridan foydalanish maqsadi.

Xitoyning MO mintaqasidagi manfaatlarining asosini siyosiy manfaatlar va xavfsizlikni ta’minlash masalasi tashkil etganligi tufayli ham ilk hamkorlik aloqalari aynan shu masalalarni qamrab olgan edi. Bu borada qo`shma komissiya ham tashkil etilgan bo`lib, bu komissiya transchegaraviy masalar borasida muntazam uchrashuvlar tashkil etib turadi[8]. Xususan, “Shanxay beshligining”, keyinchalik ShHTning  tashkil topishi ham bu fikrning amaliy isboti hisoblanadi. “Shanxay beshligi” tashkilotining asosiy maqsadi Xitoy va sobiq sovet davlatlari o`rtasidagi chegaraviy muammolarni hal etish bo`lgan bo`lsa, keyinchalik ShHT tashkil topib, uning asosiy yo`nalishi mintaqadagi xavfsizlikni ta’minlashdan iborat bo’lib qoldi.

Ammo, chegara masalalarining tinch yo`l bilan yechilishi, Xitoy va mintaqa davlatlarining iqtisodiy tez rivojlanib kelayotganliklari tufayli, keyingi yillarda, XXRning MO mintaqasida olib borilayotgan siyosatida iqtisodiy omillar kuchamoqda. Xitoyning MO mintaqasida iqtisodiy diplomatiyasining shakllanishida eng asosiy omil sifatida Xitoyning jadal sura’tlarda rivojlanayotgan iqtisodiyotining energoresurslarga bo`lgan ehtiyojini ta’minlash zaruratidan kelib chiqmoqda. Pekin bu ehtiyojini ta’minlash maqsadida energoresurslarni diversifikatsiya qilishi, buning uchun esa, Rossiya va MO davlatlari bilan yaqin iqtisodiy diplomatiyani yo`lga qo`yishi kerak bo`ladi. Qiyos uchun, bilamizki, Rossiyaning MO mintaqasi davlatlari bilan savdo aloqalarida roli salmoqli hisoblanadi.Xususan,2003-2007 yillar davomida Rossiyaning MO davlatlari bilan o’rtacha yillik tovar aylanmasi 10.7mlrd.AQSH dollarga yetgan bo’lsa[9], Xitoyniki 2001-2007 yillarda 16 mlrd. AQsh dollariga yetgan.[10] Umumiy hisobda esa, 2007 –yilda bu ko’rsatkichlar Xitoynikini 22.5 mlrd. AQSH dollari,[11] Rossiyaniki 21.787mlrd.AQSH dollarini tashkil etgan.(Qarang: Ilova, 1-3 jadval)

Yana bir muhim omil sifatida, Xitoyda olib borilayotgan g`arbiy hududlarning iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi bilan uzviy bog`liqdir. Xitoy o`zining kam rivojlangan g`arbiy hududlarini rivojlantirishda MO davlatlarining iqtisodiy salohiyatidan foydalanishni rejalashtirgan. Xususan, SUAR iqtisodiyotini va u yerdagi iqtisodiy infrastrukturani rivojlantirishda MO bozori juda qulay strategik salohiyatga ega. Bu hamkorlikni rivojlantirish maqadida XXR hukumati muntazam ravishda 1992 yildan boshlab Urumchi shahrida MO davlatlari ishtirokida savd ko`rgazmalarini o`tkazib kelmoqda[12].

Sobiq Sovet ittifoqi davrida Xitoy faqat bir davlat bilan umumiy chegaraga ega bo`lgan bo`lsa va faqat Moskva orqarli bu mintaqa bilan o`z aloqalarini tartibga solgan bo`lsa, MO davlatlari mustaqillikka ega bo`lishgach, Xitoy mintaqaning uchta davalati bilan chegaradosh bo`lib, beshta davlat bilan alohida iqtisodiy va siyosiy aloqalarini o`rtatishga va har bir davlatning o`z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda o`zining mintaqadagi tashqi siyosiy va iqtisodiy diplomatiyasini olib borishiga to`g`ri keldi. Tarixan juda qisqa vaqt ichida Xitoy –Sovet munosabatlari Xitoy-MO munosabatlariga muvaffaqiyatli o`tdi. Do`stona va yaqin qo`shnichilik munosabatlari yaxshi rivojlanib kelayotgan bo`lsada, bu imkoniyatlardan hali to`la yo`lga qo`yilmaganini va XXR va MO davlatlari o`rtasidagi har tomonlama, xususan, iqtisodiy hamkorlikning to`la potensiali ishga tushmaganini ko`plab siyosiy arboblar va mutaxasislar ta’kidlashmoqda[13].

XXRning MO davlatlari bilan iqtisodiy diplomatiyasi sovetlar davlatining parchalanishi bilanoq boshlanib, Xitoy bu davlatlar bilan savdoni yo`lga qo`ydi. Biroq 90-yillarda o`zaro savdo almashunuv ko`rsatkichlari juda past edi. 2000-2010 yillarda Xitoyning bu davlatlar bilan savdo aloqalari barqaror rivojlanib, 2010 yilga kelib ular o`rtasidagi savdo 90-yillarga qaraganda 15 marta oshganini kuzatish mumkin. Xususan, 1992-2008 yillar orasida MO davlatlari tashqi iqtisodiy faoliyatida XXRning ulushi 1%dan 14%gacha ko`tarildi[14]: Qozog`iston 1,5%dan 15%gacha, Qirg`iziston 2%dan 27%gacha, O`zbekiston 0,3%dan 11%gacha, Tojikiston 0,1%dan 16%gacha, Turkmaniston 0,1%dan 4%gacha.

MO davlatlari bilan Xitoy o`rtasidagi tovar aylanmasi tez sura’tlar bilan oshayotgan bo`lsa-da, ularning ulushi Xitoy iqtisodiyotida katta o`rin egallashga ulgurmagan. MO davlatlarining umumiy ulushi Xitoy iqtisodiyotida 0,8%dan oshmagan[15]: Qozog`iston 0,6%, Qirg`iziston 0,05%, O`zbekiston 0,07%, Tojikiston 0,03%, Turkmaniston 0,02%.

2007-yilgi ko`rsatkichlarga qaraganda, MO davlatlari savdo ulushida Xitoy 14%ni egallagan bo`lsada, Xitoy savdo ulushida mintaqaning barcha davlatlarning ulushi 0,7%ni tashkil etgan. Xitoy MO davlatlari uchun juda yaqin hamkor bo`lsada, 2007-yilgi ma’lumotlarga qaraganda, bu davlatlarning birortasi Xitoyning eng yaqin 30 ta savdo hamkorlari ro`yxatidan joy olmagan. Qozog`iston bu ro`yxatda MO davlatlari orasida birinchi o`rinni egallab, umumiy ro`yxatda 35 o`rinni egallagan bo`lsa,O`zbekiston 102-o’rin, Qirg`iston 103, Tojikiston 114, Turkmaniston 115-o`rinni egallab turishibdi[16].

Xitoy va MO davlatlari o`rtasidagi savdo hamkorligini rivojlantirish maqsadida XXR Kommersiya vazirligi homiyligida muntazam ravishda XXR  va MO davlatlarining yuqori lavozimlarni egallagan rasmiy vakillari va biznes vakillari o`rtasida forum o`tkazilib kelmoqda[17].

2008-yilgacha Xitoy va MO davlatlari o`rtasidagi savdo aloqalarini tahlil qiladigan bo`lsak, eng katta ko`rsatkichlar Xitoy va Qozog`iston o`rtasida bo`lib, ular o`rtasidagi tovar aylanmasi umumiy MO davlatlari ulushining 80%dan 86%gacha bo`lgan miqdorini tashkil etadi. Xitoy va O`zbekiston tovar aylanmasi umumiy ulushning 6%dan 9%gacha, Qirg`iston esa 1%dan 8%gacha, Turkmaniston 1%dan 2%gacha, Tojikiston esa 0,2%dan 4%gacha tashkil etdi.

2009-yil O`zbekiston va Qozog`iston orqali Turkmanistondan Xitoygacha yangi gaz quvurining o`tkazilishi bu ko`rsatkichlarga keskin o`zgarishlar olib kelib, Xitoyning Turkmaniston bilan o`zaro tavorayirboshlashi oshdi, ammo bu statistik ma’lumotlarga katta ta’sir ko`rsatmadi.

XXR va MO davlatlarining tovar aylanmasini tahlil qiladigan bo`lsak, Xitoyning tayyor mahsulot yetkazib berayotgani evaziga MO davlatlarining, asosan, xom ashyo yetkazib berayotganlariga guvoh bo`lamiz. 2003-2007 yillar orasidagi tovar almashinuvini tahlil qiladigan bo`lsak, statistik ma’lumotlarga qaraganda, bu davr ichida MO davlatlarining Xitoyga yetkazib bergan mahsulotlarining 86%ni xom ashyo va 14%ni xizmat ko`rsatish sektori tashkil etgan va tayyor mahsulot deyarli yo`qligiga guvoh bo`lish mumkin. Xitoydan MO davlatlariga yetkazib berilgan mahsulotlarning 86%ni tayyor mahsulot egallagan bo`lsa, 14%ni xizmatlar egallagan. Va aksincha, Xitoydan xom ashyo umuman MO mintaqasiga yetkazib berilmagan.

O`z navbatida, xom ashyo savdosini tahlil qiladigan bo`lsak, MO davlatlaridan Xitoyga yetkazilgan xom ashyoning 68%ni energoresurslar, 15%ni qora va rangli metallar, 6%ni kimyoviy xom ashyo, 2%ni tekstil xom ashyosi tashkil etdi. O`z navbatida, Xitoydan O`zbekistonga 70 mln AQSh dollariga teng qora metallar eksport qilinganini hisobga olmasak, boshqa xom ashyo eksport qilinmagan.

Tayyor mahsulotlar bilan savdoni tahlil qiladigan bo`lsak, Xitoydan MO davlatlariga eksport qilingan tayyor mahsulotlarning 56%ni mashinosozlik mahsulotlari va uskunalar tashkil qilgan, keng iste’mol mahsulotlari 32%ni, kimyoviy mahsulotlar esa 2%ni tashkil etgan. MO davlatlarining Xitoyga eksportida tayyor mahsulotlar deyarli yo`q bo`lib, O`zbekistondan 60 mln AQSh dollariga teng mashinasozlik mahsulotlari va  uskunalari juda kichik ko`rsatkich hisoblanib , u umumiy savdo ko`rsatkichida deyarli ko`zga tashlanmaydi.

Demak, Xitoy o’z manfaatlariga sodiq qolib MO mintaqasi davlatlariga nisbatan tashqi siyosatini olib bormoqda. Bunda esa, talab va taklif iqtisodiy negizi asosiy rol o’ynamoqda, ya’ni xom ashyo evaziga tayyor mahsulot yetkazib berish. Hozircha, bu narsadan ikki tomon ham qoniqqan. Bir tomondan, shunday bo’lishi ham muqarrardir,chunki hozirgi MO mintaqasi davlatlari darajasi shunga yaramoqda. Xitoyning mustaqil siyosat olib borish tajribasi nisbatan katta-ularni tenglashtirib bo’lmaydi. MO mintaqa davlatlari mustaqillikka erishganliklariga  endigina 20 yil to’lmoqda. Ammo, yuqori texnalogiyalar asrida imkoniyatlar yanada oshdi. Bunga Xitoy misolida guvoh bo’lib turibmiz

MO davlatlari mustaqillikni qo`lga kiritgach bu hudud dunyoning yirik davlatlarining manfaatlari to`qnash keladigan mintaqaga aylandi. Chunki oldin bu hudud Sobiq Sovet davlatining tarkibiy qismiga kirgan va bu hududlar kolonial davrdan boshlab oldin Rossiya Imperiyasining ta’siri ostida bo`lgan bo`lsa, keyinchalik bunday ta’sirni faqat sovetlar davlati ko`rsatar edi. Sobiq Sovet davlatining parchalanishi va Rossiya Federatsiyasining kuchsizlanishi oqibatida turli xil kuchlar markzining diqqat e’tibori bu mintaqaga qaratila boshaldi. Mustaqillikni qo`lga kiritgan MO davlatlari esa o`z navbatida tashqi siyosatda yakka qutbli strategiydan ko`ra ko`proq ko`p qutbli tashqi siyosatdan manfaatdor edilar.

XXR esa bu yirik davlatlar orasida mintaqa davlatlari bilan Rossiya Federatsiyasidan tashqari yagona umumiy chegaraga ega bo`lgan davlat hisoblanar edi. Shu va boshqa omillarga ko`ra XXRning MO mintaqasidagi manfaatlari boshqa yirik davlatlarga qaraganda ancha kuchli ta’sirga edi. Oldin bu mintaqda Xitoy faqat sovetlar davlatiga qaratilgan siyosatini olib borgan bo`lsa, mustaqillikkga erishgach Xitoy birdaniga beshta davlatning ichki va tashqi siyosatidan kelib chiqgan holda o`zining tashqi siyosatini olib borishga to`ri keldi. Bunday sharoitda Xitoy yangi paydo bo`lgan moshlashib o`zining MO mintaqsiga qaratilgan strategiyasini olib bordi. Bu strategiyaning shakllanishiga quyidagi omillar asos bo’ldi[18]:

Birinchidan: Xitoy va Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy aloqalari tubdan o’zgardi. Eski sovet chegaralari endi bu ikki davlat o’rtasidagi bufer zonaga aylandi. Sovetlar davridagi Pekinga nisbatan mavjud bo`lgan siyosiy va harbiy bosim yo’qoldi.

Ikkinchidan: Yangi mustaqil davlatlar Xitoy uchun yirik salohiyatga ega bo’lagan bozor vazifasini o’tashi mumkin edi.

Uchinchidan: MO mintaqasidan Xitoyning g`arbiy hududlariga mustaqillik kayfiyati kirib kelish xavfi paydo bo’ldi. G`arbiy Xitoyda istiqomat qiluvchi xalqlar, xusuan uyg`ur millatiga mansub aholi MO xalqlari bilan umumiy ildizlarga ega xalq bo’lib, ular mustaqillikka erishgan MO mintaqsi xalqlaridan ta’sirlaninb, ularda separsatik kayfiyat kuchayishi mumkin.

To`rtinchidan: Pekin nuqtai nazarida islom fundamentalizmi va turkiy xalqlarning birlashish g`oyasi kuchayish ehtimoli paydo bo’ldi. Ayni vaqtda bunday kayfiyatlar va harakatlar mintaqa davlatlari tomonida qa’tiy nazorati ostida bo`lsada, XXR bunday sharoit doim ham saqlanib qolmasligi mumkinligdan kelib chiqgan holda o`zining tashqi siyosatini olib borishga to`gri keladi.

Bechinchidan: Xitoyning bu mintaqada faol siyosat olib borishining maqsadlarian biri, bu davlatlarning Tayvan hukumati bilan ikki tomonlama aloqalarining o`rnatilishining oldini olishga qaratilgan[19].

Xitoy keyingi yillarda MO mintaqasida juda faol tashqi siyosat olib borayotgan bo`lsada, hozirgi vaqtda MO mamlakatlariga XXR tomonidan xavf mavjud emas[20]. Bunga davlatlar o`rtasida imzolangan turli darajadagi ikki tomonlama shartnomalar va ShHT doirasidagi olib borilayotgan siyosat dalil bo`la oladi.


Xitoyning ShHT doirasida manfaatlari va bu tashkilot doirasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi

 

XXR ShHTning asoschilaridan biri sifatida bu tashkilotning taraqqiy etishida juda katta rol uynagan. Aynan shu sababli Xitoyning bu tashkilot doirasidagi olib borayotgan siyosatini tushunish uchun ham uning bu tashkilotdan maqsad va manfaatlarini o`rganib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi.

SSSR parchalanganidan so`ng so`ng Xitoyning tashqi siyosat prinsiplari ancha o`zgardi. Xitoy tashqi siyosatda ideologik prinsiplardan voz kechib, amaliyiy praktisizmni ko`p qo`llay boshladi. Bipolyar tizim yemirilgach, Xitoy xalqaro munosabatlar tizimida kup qutbli, ya’ni bir qancha kuchlar markazidan iborat tizimning o`rnatilish tarafdori edi, chunki Xitoy bunday markazlardan biri bo`lishga intilardi. Aynan shu sababli Xitoy mintaqamiy siyosatini kuchaytirishga intila boshladi, o`z navbatida esa bunday siyosatni olib borish uchun mintaqaviy tashkilotlar doirasida faol siyosat yurgizadigan bo`ldi. Xitoyning bunday siyosatini ilmiy doiralarda “mintaqaviy o`xshashlik”, “yangi regionalizm” deb atala boshlandi[21]. Bunga sabab Xitoy o`zining milliy manfaatlarini himoya qilish va ularni realizatsiya qilish uchun unga mintaqada kuchli  strategik hamkor kerak edi[22]. Aynan shu sababli regional yoki mintaqaviy siyosatni olib borish va bu siyosat orqali o`zining milliy manfaatlarini himoya qilish uchun ham ShHTning XXR uchun ahamiyati juda katta hisoblanadi. XXR ning ShHT doirasidagi tashqi siyosati quyidagi prinsiplarga asoslanadi[23]:

                      Mintaqaning davlatlari bilan strategik hamkorlikni yo`lga qo`yish va uni mustahkamlab boorish

                      Iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish

                      Mintaqadagi stabillikni saqlash va davlatlar o`rtasidagi o`zaro ishonchsizlikning oldini olish.

Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, bu sohadagi Xitoyning maqsad va manfaatlari ShHT doirasidagi hamkorligining o`zagini tashkil etadi. Bunga sabab SSSRning parchalanishi oqibatida paydo bo`lgan yoki kuchaygan va oxirgi yillarda paydo bo`lgan noan’anaviy tahdidlarga qarshi kurashda MO davlatlarining hamkorligiga tayanishni sharoit talab qiladi. Xitoyning ShHT doirasidagi xavfsizlik sohasidagi maqsad va manfaatlarini uch darajaga bo`lsa bo`ladi:

Birinchi daraja – Xitoyning territorial va milliy yaxlitligini saqlab qolishga garant hosil qilish. Xitoyda mavjud separastik kayfiyatdagi harakatlar, xususan, Tibet, SUAR va Tayvan mamlakatning milliy va hududiy yaxlitligiga xavf solib turmoqda. Bular orasida SUAR alohida diqqatga sazovordir. Chunki bu hududda istiqomad qiluvchi uyg`ur millati va boshqa millatlar MO xalqlari bilan umumiy ildizlarga ega bo`lib, ular juda yaqin tilda so`zlashishadi va o`xshash urf odatlarga egadir. MO mintaqasidagi turkiy xalqlarning mustaqil bo`lganidan ilhomlangan uyg`ur separastik harakatlari XXRning hududiy yaxlitligiga tahdid solishi mumkin edi. ShHT Xitoyga institutlashtirilgan, MO mintaqasining to`rt davlati ishtirok etayotgan, aniq konvensiya va davlatlararo shartnomalarga asoslangan  mexanizmlar orqali bu kabi separastik harakatlarga qarshi kurashni yo`lga qo`ydi. Boshaqacha qilib aytganda, tashkilot doirasidagi barcha davlatlar uchun xavf solayotgan bu kabi tahdidlarga kurashda ishtirokchi davlatlar bir birlarining imkoniyatlaridan foydalanib bu kabi tahdidlarga nisbatan muvaffaqiyatli kurash olib borish imkonini yaratdi.

Ikkinchi daraja – Rossiya, Tojikiston va Qirg`iziston bilan bahsli hududlar masalasini tinch yo`l bilan hal qilish imkonini beradi. Bu muammo azaldan SSSR va Xitoy o`rtasidagi bahs va munozaralarga asos bo`lib kelgan. Bunday turdagi munozaralar hatto 1969 yil SSSR va Xitoy o`rtasida qurolli to`qnashuvlarga sabab bo`lgan. SSSR parchalanishi  bu masalaning yanada jonlanishiga sabab bo`ldi. Xitoy ShHT ishtirokchilari bilan 7000 ming kmdan ziyod umumiy chegaraga ega bo`lib, undan Qozog`iston bilan 1533 km, Tojikiston bilan 414 km, Qirg`iziston bilan 858 km va Rossiya bilan 4370 km umumiy chegaraga ega.  1996 va 1997 yillarda “Shanxay beshligi” doirasida qabul qilingan chegaraviy hududlarda harbiy bo`linmalarni qisqartirish va chegaraviy muammolarni tinch yo`l bilan hali qilish borasidagi sharnomalar bunga yaqqol misol bo`la oladi. 

Uchinchi daraja – uyushgan va transmilliy jinoyatchilikga qarshi kurash va mintaqada ijtimoiy stabillik va xavfsizlikni ta’minlash. Xitoy siyosatshunoslari ko`p marotaba takrorlab o`tishadiki, SSSR parchalanishi oqibatida yirik davlatlar o`rtasida bo`lishi mumkin to`qnashuvlar ehtimoli pasaygan bo`lsada, uning o`rniga bo`shqa ko`rinishdagi noana’naviy tahdidlar paydo bo`ldi[24]. Shundan kelib chiqqan holda Xitoy  mintaqaviy xavfsizlik bilan bog`liq terrorizm, narkotik moddalar savdosi, xalqaro uyushgan jinoyatchilik, ekologik muammolar, noqonuniy migrasiya, SPID va infeksion kasalliklar va boshqa shunga o`xshash yangi noana’naviy tahdidlarga qarshi kurash olib bormoqda. ShHTning yaratilishi Xitoyningga  noana’naviy tahdidlarga qarshi kurashda juda yaxshi instrument vazifasini o`tashi mumkin.

Информация о работе Xitoyning ShHT doirasidagi Markaziy Osiyodagi manfaatlari